Sergey Lavrov Nyu-Yorkka bordi

Siyosat

U Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik Kengashi majlislarida ishtirok etadi.

Sergey Lavrov Nyu-Yorkka bordi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Nyu-Yorkka yetib bordi va u yerda BMT Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharq hamda Ukraina bo‘yicha yig‘ilishlarida ishtirok etadi.

TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning aytishicha, Ukraina qurolli kuchlarining Donetskga bergan zarbalari BMT Xavfsizlik Kengashida muhokama qilinadi.

“TASS” muxbirining xabariga ko‘ra, vazirning samolyoti shimoliy yo‘nalish bo‘yicha Moskvadan AQShgacha bo‘lgan masofani 12 soatu 45 daqiqada do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar ustidan uchib o‘tgan. Parvoz davomida hech qanday kutilmagan holatlar yuz bermagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing