Shahnoza Mirziyoyeva World Aquatics rahbariyatiga qo‘shildi

Sport

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxnoza Mirziyoyeva Jahon suv sporti federatsiyasi (World Aquatics) Ijroiya qo‘mitasi Byurosi a’zoligiga saylandi. Bu yutuq mamlakatimizning xalqaro sportdagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shahnoza Mirziyoyeva World Aquatics rahbariyatiga qo‘shildi
Singapurda bo‘lib o‘tayotgan suv sport turlari bo‘yicha jahon chempionati doirasida World Aquatics federatsiyasining navbatdagi Kongressi o‘tkazildi. Unda suv sportining global rivoji, tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Kongressda qabul qilingan muhim qarorlardan biri — World Aquatics Ijroiya qo‘mitasi Byurosining yangi tarkibi shakllantirildi. Ushbu nufuzli tuzilma tarkibiga O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Milliy ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shaxnoza Mirziyoyeva ham saylandi.

Bu saylov nafaqat o‘zbekistonlik mutaxassislarning xalqaro tashkilotlardagi obro‘sini oshiradi, balki mamlakatimizda zamonaviy suzish majmualari barpo etilishi va yoshlardan boshlab suv sport turlarini rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing