Shahram Gʻiyosov amerikalik raqibi ustidan gʻalaba qozondi

Sport

Shahram Gʻiyosov professional boksdagi 14-gʻalabasini qoʻlga kiritgan holda, WBA kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi.

Shahram Gʻiyosov amerikalik raqibi ustidan gʻalaba qozondi
Bugun, 18-iyun kuni AQShning Nyu-Orlean shahrida boʻlib oʻtgan WBA Eliminator jangida oʻzbekistonlik professional bokschi Shahram Gʻiyosov amerikalik Harold Kalderonga qarshi ringga koʻtariladi. Bahs Gʻiyosovning ustunligi ostida kechdi.

Professional boksning yarim o‘rta vazn (-66,6 kg) toifasida ringga koʻtarilgan G‘iyosov Kalderonni 120:108, 118:110, 116:112 hisobda magʻlub etdi.

Bu Shahram Gʻiyosovning professional boksdagi 14-gʻalabasi hisoblanadi. Endi u WBA kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing