Sharl Mishel: Yevropa urushga tayyorgarlik ko'rishi kerak

Dunyo

Agar Yevropa dunyoda mavjud bo'lishni istasa, u "urush iqtisodiyoti" rejimiga o'tishi va Rossiyadan kelayotgan tahdid oldida mudofaa qobiliyatini sezilarli darajada mustahkamlashi kerak, dedi 18-mart kuni Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel. Bu haqda The Kyiv Independent xabar bermoqda.

Sharl Mishel: Yevropa urushga tayyorgarlik ko'rishi kerak
«Agar biz Yevropa Ittifoqining tegishli javob choralarini ko'rmasak va Ukrainaga Rossiyani to'xtatish uchun yetarlicha yordam bermasak, navbat bizga keladi. Shuning uchun biz mudofaaga tayyor bo'lishimiz va "urush iqtisodiyoti “rejimiga o'tishimiz kerak"», — deb yozdi u.

Biz avvalroq Germaniya shaharlar va jamoalar ittifoqi federal hokimiyatni Germaniyaning tinch aholisini yuzaga kelishi mumkin bo’lgan urushdan himoya qilish uchun milliardlab dollar sarmoya kiritishga, shuningdek, ishlatilmayotgan boshpanalarni ishga tushirishga chaqirgani haqida xabar bergan edik.

O'z navbatida, 2023-yil 19-dekabrda Putin Rossiya Mudofaa vazirligi hay'atining kengaytirilgan majlisida "Rossiya Federatsiyasi Yevropa bilan jang qilmoqchi emas edi va hozir ham jang qilish niyati yoq" degan.

Bundan tashqari, jurnalist Taker Karlsenning "Rossiya qo'shinlarini Polshaga yuborishingizni tasavvur qila olasizmi?” degan savoliga Putin shunday javob bergan edi: "Faqat bitta holatda: agar Polsha tomonidan Rossiyaga hujum bo'lsa. Nima uchun? Chunki bizda na Polshada, na Latviyada hech qanday qiziqish yo'q — hech qayerda. Bu bizga kerak emas”.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing