Shavkat Mirziyoyev birinchi prezident xotirasiga hurmat -ehtirom ko‘rsatdi

O'zbekiston

Toshkentda Islom Karimov tavalludining bir yilligi munosabati bilan uning haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev, hukumat, parlament va jamoatchilik vakillari mustaqil O‘zbekistonning birinchi yetakchisiga hurmat bajo keltirdi.

Shavkat Mirziyoyev birinchi prezident xotirasiga hurmat -ehtirom ko‘rsatdi
Tadbirda Qur’oni karim suralari o‘qib eshittirildi, namoz o‘qilib, Islom Karimovning el-yurt oldidagi xizmatlari xotirasi yodga olindi. Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan har yili birinchi prezidentning tug‘ilgan kuni nishonlanib, Toshkentda yodgorlik majmuasi ochildi, uning Samarqanddagi maqbarasini ziyorat qilish an’anaga aylandi.

Shunga o‘xshash xotira tadbirlari Samarqand va Qarshi shaharlarida ham o‘tkazilib, aholi o‘z hayotini xalq xizmatiga bag‘ishlagan rahbar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing