Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga ta’ziya maktubi yo‘lladi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining markaziy va janubiy shtatlarida ro‘y bergan halokatli tornadolar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani, jarohat olgani va katta talafotlar ko‘rilgani sababli Prezident Donald Trampga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga ta’ziya maktubi yo‘lladi
Shavkat Mirziyoyev vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.

Ma'lumot o‘rnida, AQSHning markaziy va janubiy shtatlarida sodir bo‘lgan halokatli tornadolar kamida 33 kishining umriga zomin bo‘ldi. Kanzasda kuchli chang bo‘roni tufayli 50 ta transport vositasi ishtirok etgan YTHda kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan. Oklaxomada bir kishi, Texasning Amarillo okrugida esa chang bo‘roni paytida sodir bo‘lgan avtohalokatlar oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing