Shavkat Mirziyoyev: Dunyodagi vaziyatning Oʻzbekiston iqtisodiyoti va daromadlariga taʼsirini kamaytirish darkor

O'zbekiston

Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev: Dunyodagi vaziyatning Oʻzbekiston iqtisodiyoti va daromadlariga taʼsirini kamaytirish darkor
Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida murakkab va tahlikali zamonda yashayotganimiz, Yaqin Sharqdagi va asosiy hamkorlarimiz o‘rtasidagi mojarolar echim topmayotganini, shu jumladan Moskva viloyatidagi mudhish terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olayotganini qayd etdi.

Bunday murakkab sharoitda iqtisodiyotimizga, aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish eng muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Buning uchun mahallaning iqtisodiy zaminini mustahkamlash, odamlar daromadini ko‘paytirish uchun mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligi qayd etildi.

Qolaversa, Prezident poytaxtda hali ishga solinmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi. Jumladan, 979 ta yer uchastkasini auksionga chiqarish, qishloq xo‘jaligidan sanoat va aholi punkti toifasiga o‘tgan 175 gektar yerlarni tadbirkorlarga berish orqali yangi loyihalarni amalga oshirish mumkinligi ta’kidlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing