Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv o‘tkazdi

Siyosat

Toshkentda o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlari doirasida 9-noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston-Eron munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar va transport sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama savdoda o‘sish sur’ati saqlanib qolmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari birgalikda amalga oshirilmoqda.

Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligi, logistikada o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Eron rahbarlari madaniy-gumanitar va ilm-fan sohasidagi almashinuvlarni rivojlantirish muhimligini ko‘rsatib o‘tdilar.

Shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar, shu jumladan Afg‘onistondagi bugungi vaziyat nuqtai nazaridan ko‘rib chiqildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing