Shavkat Mirziyoyev Italiya Prezidentiga ta’ziya yo‘lladi
Dunyo
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya yetakchisi Serjo Mattarellaga ushbu mamlakatning sobiq Prezidenti, senator va yirik davlat arbobi Jorjo Napolitano vafot etgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Oʻzbekiston rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Italiya xalqiga hamda yirik davlat va jamoat arbobi, senatorning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirgan.
Jorjo Napolitano 1925-yil 29-iyunda Neapolda tug‘ilgan, 2023-yil 22-sentyabr kuni Rimda 99 yoshida vafot etdi.
Jorjo Napolitano 1925-yil 29-iyunda Neapolda tug‘ilgan, 2023-yil 22-sentyabr kuni Rimda 99 yoshida vafot etdi.
Powered by Froala Editor