Shavkat Mirziyoyev Lev Tolstoy nomidagi tinchlik mukofotiga nomzod bo‘ldi
O'zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Lev Tolstoy nomidagi xalqaro tinchlik mukofotiga nomzod bo‘ldi. Rossiya tinchlik jamg‘armasi uning xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash va ko‘p qutbli dunyo g‘oyasini ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlarini qayd etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi. Bu haqda Rossiya Tinchlik jamg‘armasi xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Nomzodlik sabablari sifatida xalqaro huquq ustuvorligiga asoslangan umumiy va teng xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, ko‘p qutbli dunyo tartibini barpo etishga qo‘shgan hissasi ta’kidlangan.
Mukofotga, shuningdek, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon ham nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Powered by Froala Editor