Shavkat Mirziyoyev: “Mo‘g‘uliston Prezidentining O‘zbekistonga birinchi davlat tashrifi haqli ravishda tarixiy bo‘ldi”
Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar, deb xabar bermoqda mamlakatimiz yetakchisining matbuot xizmati.
Davlatimiz rahbari Mo‘g‘uliston Prezidentining ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi birinchi tashrifi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stligini mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan o‘zaro intilishning tasdig‘i bo‘lganini qayd etdi.
“Mo‘g‘uliston biz uchun Osiyo mintaqasidagi an’anaviy va ishonchli hamkordir. O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlari do‘stlik, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan bo‘lib, kon’yunkturaga bog‘liq emas”, – dedi O‘zbekiston Prezidenti.
Tuzilayotgan ekspertlar guruhi doirasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasi va yetkazib beriladigan tovarlar ro‘yxatlari, shuningdek, bozorlarga kirishni soddalashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.
Mamlakatlarimiz bir-birini samarali to‘ldirishi mumkin bo‘lgan tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasining aniq yo‘nalishlari ham belgilandi.
Muzokaralarda samarali transport yo‘laklarini rivojlantirish va yuk tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari ham muhokama qilindi.
Madaniyat, san’at, ta’lim, turizm, yoshlar va sport sohalarida faol almashinuvlarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Shuningdek, mamlakatlar yakkakurash sportining an’anaviy turlarini ommalashtirish, amaldagi vizasiz tartib sharoitida sayyohlar oqimini oshirish, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladilar.
Kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida ikki davlat hukumatlariga kompleks “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish topshirildi.
“Mo‘g‘uliston Prezidentining O‘zbekistonga birinchi davlat tashrifi haqli ravishda tarixiy bo‘ldi va ko‘p qirrali hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi. Birgalikdagi katta ishlarimizning birinchi amaliy natijalarini tez fursatda ko‘ramiz, deb ishonaman”, – dedi O‘zbekiston Prezidenti so‘zining yakunida.

Powered by Froala Editor