Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston xalqini Navro'z ayyomi bilan tabrikladi

O'zbekiston

Bugun "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Navro‘z umumxalq bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari ushbu tantanali tadbirda nutq so‘zlab, O'zbekiston xalqini ushbu qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etdi.

Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston xalqini Navro'z ayyomi bilan tabrikladi
Prezident Mirziyoyev bu yilgi Navro‘zning muqaddas Ramazon oyi bilan uyg‘un kelganini alohida ta’kidlab, bu holat bayramga o‘zgacha fayz va quvonch bag‘ishlayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari ushbu qutlug‘ kunlarda butun islom ummatini ham muborakbod etib, pok niyatlar tiladi.

Tadbir doirasida milliy madaniyatimiz, an’ana va urf-odatlarimizni aks ettiruvchi turli ko‘rgazmalar, teatrlashtirilgan tomoshalar va konsert dasturlari namoyish etildi. Shuningdek, bahoriy taomlar tayyorlanib, mehmonlarga tortiq qilindi.

Shu tariqa "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida bo‘lib o‘tgan Navro‘z bayrami o'zbek xalqiga xos mehr-oqibat va hamjihatlik ruhida davom etdi

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing