Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi
O'zbekiston
22-mart kuni, Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Dastab Prezident Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi, bu yerda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Imom Moturidiy va Mahdumi A’zam majmualarini qayta ta’mirlash loyihasi taqdimot qilindi.
Safar davomida, Prezident Xalqaro turizm markazidagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. So‘nggi yillarda eng zamonaviy standartlarga mos infratuzilma yaratilgani tufayli Samarqand shahri xalqaro miqyosdagi yirik tadbirlar – oliy va yuqori darajadagi sammitlar, xalqaro konferensiya va kongresslarning an’anaviy mezboniga aylandi.
2022-yilda prezident tashabbusi bilan “Buyuk ipak yo‘li” majmuasi bunyod etilgani bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqib, Samarqandning xalqaro markaz sifatidagi salohiyatini yanada oshirdi. Prezident ushbu xalqaro turizm markaziga tashrif buyurib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
Prezident xorijiy delegatsiyalar, ikki tomonlama uchrashuvlar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Shu yerning o‘zida Samarqand viloyati hokimi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuzasidan davlat rahbariga hisobot berdi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga tashrifi yakunida Hazrati Hizr majmuasida bo‘lib, Birinchi Prezident Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi.
Shu tariqa Prezidentning Samarqand shahriga tashrifi o'z nihoyasiga yetdi.

Powered by Froala Editor