Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga keldi
Siyosat
Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Davlat rahbari nega aynan shu tumanga kelganini izohladi.
Sayxunobod aholisi yaxshi yashashga, daromadli bo‘lishga, bolalarini o‘qitishga intilayotgani, lekin tumandagi og‘ir iqtisodiy ahvol bunga to‘sqinlik qilayotgani qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha, tadbirkorlik, bandlik, kambag‘allikdan chiqarishga katta-katta mablag‘lar ajratilayotganiga qaramay, Sayxunoboddagi 19 ta mahallada yashaydigan 83 ming aholini qanchasiga bu imkoniyatlar yetib borayapti, degan savol ochiq qolmoqda.
Shuning uchun bugungi yig‘ilish tomorqa va uy xo‘jaliklarini rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishda nafaqat Sayxunobod, balki butun O’zbekiston uchun tub burilish yasashi aytib o’tildi.
Prezident, shuningdek, tumanda 2 ming 400 ta ishsiz borligini, kambag‘allik darajasi – 14 foiz, mahalliy byudjet tushumi 27 milliard so‘m, xarajati 67 milliard so‘m ekanini ta’kidladi.
“Bir so‘z bilan aytganda, Sayxunobodda tadbirkorlik o‘smayapti, Yangi O‘zbekiston nafasi sezilmayapti”, — davlat rahbari.

Powered by Froala Editor