Shavkat Mirziyoyev: “Tejash – yo‘qotishlarni kamaytirish, tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga bo‘lishi shart”
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o’tkazilmoqda. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot kotibi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili elektr va gazni tejash bo‘yicha tumanbay dasturlar qabul qilindi. Xonadonlar va ijtimoiy obyektlarda o‘rnatilgan birgina quyosh kollektorlari hisobiga 20 million kilovatt tejalmoqda.
Sanoat korxonalari ham “yashil energiya” manbalarini joriy qilinayotgani ta’kidlandi. Masalan, “O‘zbekko‘mir” tizimida quyosh kollektorlari va issiqlik nasoslari o‘rnatilgani hisobiga yiliga 150 ming kilovatt elektr iqtisod qilinmoqda.
Mutasaddilarga 1 mingta ijtimoiy obyektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi. Jumladan, 251 ta shifoxona, 292 ta bog‘cha, 393 ta maktab va internat ta’mirlanadi.
Ayrim hududlarda ishlar sust bo‘lgani uchun elektr iqtisod qilish rejasi to‘liq bajarilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Powered by Froala Editor