Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov deputat bo'ldi

O'zbekiston

Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 104-sessiyasida ma'lum qilindi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligining matbuot xizmati.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov deputat bo'ldi
«Sessiyada dastlab Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining raisi Abdulla Magrupov "Toshkent shahrida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga bo‘lib o‘tgan saylov natijalari to‘g‘risida" ma’lumot berdi. Berilgan ma’lumotga ko‘ra, Toshkent shahri, Yunusobod tumani "Turkiston-53" saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Shavkat Bo‘ronovich Umurzakov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylangani aytib o'tildi»,― deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 3-aprel kuni Shavkat Umurzakov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlangan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing