Shaxmatchilarimiz navbatdagi turini muvaffaqiyatli yakunlashdi

Sport

18-sentyabr kuni Budapeshtda Butunjahon shaxmat olimpiadasining yettinchi tur uchrashuvlari bo’lib o’tdi.

Shaxmatchilarimiz navbatdagi turini muvaffaqiyatli yakunlashdi
Uchrashuv davomida erkaklar terma jamoasi Ukraina terma jamoasini ishonchli tarzda 3:1 hisobda mag’lub etdi.

O’zbekiston ayollar terma jamoasi ham Gretsiya terma jamoasini 2,5:1,5 hisobidan mag’lub etib, muvaffaqiyatga erishdi.

45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 8-tur o’yinlarida erkaklar terma jamoamiz Serbiya o’yinchilari bilan raqobatga kirishsa, ayollarimiz esa AQSH jamoasi bilan kuch sinashadi.

Bahslar O’zbekiston vaqti bilan 18:15 da boshlanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing