Sherbek Buranov Narpay tumaniga yangi hokim etib tayinlandi

O'zbekiston

Bu haqda Narpay tumanida o’tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilishdi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligining matbuot xizmati.

Sherbek Buranov Narpay tumaniga yangi hokim etib tayinlandi
2020-yildan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Raxmanov Sherzod Shuxratovich boshqa ishga o‘tayotganligi bois tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Buranov Sherbek Erkinovich nomzodi Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Sherbek Buranov 1985-yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug’ilgan. 2003-yildan boshlab bank tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2021-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a‘zosi.

Narpay tumani Samarqand viloyatiga kiradi. Maʼmuriy markazi — Oqtosh shahri. Narpay tumani 1920-yillarda tashkil topgan. 1938-yilda Samarqand viloyati tarkibiga kiritilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing