Zamin fondi va Haydar Aliyev fondi barqaror rivojlanishga qaratilgan hamkorlikni boshladi
Dunyo
Zamin va Haydar Aliyev fondlari o‘rtasida barqaror taraqqiyot, ekologik ta’lim, sog‘liqni saqlash va ta’limni rivojlantirish yo‘nalishlarida memorandum imzolandi. Ushbu hamkorlik, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bilan birga, kelajak avlodlarga toza atrof-muhit va sifatli ta’lim imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.
Uchrashuvda tomonlar Milliy onkologiya markazi va ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishib, DOST inklyuziv rivojlanish markazi haqida ham fikr almashdilar. Xususan, Ozarbayjonda noyabr oyida o‘tkaziladigan COP29 konferensiyasi doirasidagi qo‘shma loyihalar muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Mazkur tashabbus barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida ekologik ta’lim va ijtimoiy loyihalarni yanada kengaytirish hamda mamlakatlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor