SHHT TIV rahbarlari Bishkekdagi yubiley sammiti kun tartibini muvofiqlashtirmoqda
Dunyo
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Cho‘lponotada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 2026 yil 30 avgust — 1 sentyabr kunlari Bishkekda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi. Tashkilotning 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik va davlat rahbarlari tasdiqlashi rejalashtirilgan hujjatlar asosiy mavzular bo‘ldi.
Yig‘ilish Qirg‘izistonning SHHTdagi raisligi doirasida "SHHTning 25 yilligi: barqaror tinchlik, taraqqiyot va farovonlik sari birgalikda" shiori ostida tashkil etildi. Unda Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Hindiston, Eron, Pokiston, Belarus, Rossiya va boshqa a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi.
Kun tartibidan xalqaro va mintaqaviy masalalar, xavfsizlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, transport va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish hamda Bishkek sammitiga tayyorgarlik masalalari o‘rin oldi.
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov SHHT tashqi ishlar vazirlarini qabul qildi. U terrorizm, ekstremizm, noqonuniy narkotik aylanmasi va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash faqat jamoaviy sa'y-harakatlar orqali samarali bo‘lishini ta'kidladi. Shuningdek, SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi negizida universal xavfsizlik markazini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi hamda savdo, transport va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Prezident Sadir Japarov bilan uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomini yetkazdi. U Qirg‘izistonning SHHTga raisligi doirasida olib borayotgan tayyorgarlik ishlarini yuqori baholadi hamda O‘zbekiston tashkilotning barcha tuzilmalari va tadbirlarida faol ishtirok etayotganini ta'kidladi.
SHHT Bosh kotibi Nurlan Ermekbayev sammit yakunida davlat rahbarlariga 25 yillikka bag‘ishlangan hujjatlar paketi taqdim etilishini ma'lum qildi. Ular orasida yadroviy xavfsizlik bo‘yicha deklaratsiya, 2030 yilgacha giyohvandlikka qarshi hamkorlik dasturi, sintetik narkotiklar va ularning prekursorlariga qarshi kurash rejasi, xalqaro axborot xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik hujjatlari, shuningdek transport, sun'iy intellekt, raqamli texnologiyalar, energetika, ekologiya, sog‘liqni saqlash, ta'lim va turizm yo‘nalishlariga oid tashabbuslar mavjud.

Powered by Froala Editor