Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 3000 harbiy yubordi

Dunyo

Pxenyan Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun qo‘shin jo‘natmoqda hamda Rossiyani raketalar, artilleriya va o‘q-dorilar bilan ta’minlamoqda. Bu haqida Janubiy Koreya xabar berdi.

Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 3000 harbiy yubordi
Shimoliy Koreya yil boshidan beri Rossiyaga Ukrainaga qarshi urushda Moskva tomonida ishtirok etayotgan kuchlarni mustahkamlash maqsadida yana 3000 harbiy yubordi. Bu haqida Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi 27-mart, payshanba kuni e’lon qildi.

Dastlab Rossiyaga jo‘natilgan 11 ming KXDR harbiysidan 4000 nafari halok bo‘lgan yoki jarohatlangan, deb hisoblamoqda Seul.

Bundan tashqari, Pxenyan Moskvaga raketalar, artilleriya va o‘q-dorilar yetkazib berishni davom ettiryapti. Hozircha Shimoliy Koreya Rossiyaga “juda ko‘p qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketalar”, shuningdek, granatomyotlar va reaktiv artilleriya tizimlarini yetkazib bergani aniqlandi, deb qo‘shimcha qildi Janubiy Koreya.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing