Shomurodov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — yil murabbiyi: O‘zbek futbolining 2025 yil yakunlari
Sport
O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (OFA) 30-yanvar kuni Toshkent shahrida 2025 yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimini o‘tkazdi.
Yilning eng yaxshi futbolchisi deb O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov e’tirof etildi. Uning terma jamoa safidagi o‘yinlari va xalqaro maydondagi barqaror natijalari asosiy mezon bo‘ldi.
Yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini Timur Kapadzega topshirildi. Uning boshchiligida O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Qoraqalpog‘iston Futbol Assotsiatsiyasi mamlakatdagi eng yaxshi hududiy futbol assotsiatsiyasi deb topildi.
Ayollar futbolida “Sevinch” (Qarshi) klubi vakillari yetakchi bo‘ldi. Diyora Habibullayeva chempionatning eng yaxshi to‘purari (31 gol) va yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Jamoani chempionlikka olib chiqqan Vladislav Xan ayollar futbolida yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi. Nilufar Qudratova esa chempionatning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.
Sadridin Hasanov yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. U 2025 yilda O‘zbekiston U17 terma jamoasi bilan Osiyo Kubogini yutib, turnirning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan.
“Paxtakor”, “Nasaf” va “Bunyodkor” klublari milliy terma jamoalarga eng ko‘p futbolchi yetkazib bergani uchun maxsus mukofotlar bilan taqdirlandi.
Bolalar futbolida “Bunyodkor” akademiyasi murabbiyi Yusuf Ergashyev yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Hakamlar orasida Ilgiz Tantashyev yilning eng yaxshi hakami bo‘ldi. U Klub jahon chempionati va xalqaro musobaqalarda ishlagan hamda 2026 yilgi jahon chempionati (AQSh, Kanada va Meksika) o‘yinlariga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. Eng yaxshi ayol hakam sifatida Nasibabonu Toshmuhammedova e’tirof etildi.
“Futbolimiz patriarxi” faxriy mukofoti “Paxtakor” safidagi faoliyati, murabbiylik va OFA tizimidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun Ahrol Inoyatovga topshirildi.

Powered by Froala Editor