Shomurodovdan 30 daqiqada gol va assist

Sport

Italiya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Roma" "Monsa"ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov uchrashuv qahramonlaridan biriga aylandi. 30 daqiqa ichida u gol urishga va assistentlik qilishga ulgurdi va shu tariqa bellashuv taqdirini hal qildi.

Shomurodovdan 30 daqiqada gol va assist
10-daqiqadayoq Shomurodov Aleksis Salemakersning goliga assistentlik qilgan bo‘lsa, 32-daqiqada o‘zi to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Keyinchalik mezbonlarning muvaffaqiyatini Anxelino (73’) va Brayan Kristante (88’) yanada mustahkamladi. O‘zbekistonlik hujumchi maydonda 70 daqiqa harakat qildi va Sofascore portali tomonidan 8.1 ball bilan yuqori baholandi.

Shomurodovning o‘yindagi statistikasi:
- Aniq zarbalar: 1
- Bloklangan zarbalar: 3
- Aniq uzatmalar: 20/30 (67%)
- Yakkakurashlar: 13 tadan 8 tasi yutilgan
- Raqib uzatmasini olib kuyishlar: 3
- To‘p yo‘qotishlar: 17

Klaudio Raneri boshchiligidagi "Roma" keyingi turda 2 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da "Komo"ga qarshi maydonga tushadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing