Sifatsiz kosmetologiya xizmati uchun to'langan mablag', davlat tomonidan undirib beriladi
O'zbekiston
Joriy yil davomida Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga 320 dan ortiq ariza va shikoyatlar kelib tushgan. Bu shikoyatlar ko‘plab iste'molchilarning sifatsiz kosmetologiya xizmatlari orqali terilarining shikastlanishi, to‘qimalarda deformasiyalar, shishlar, yorilishlar va toshmalar yuzaga kelganini ko‘rsatgan.
Misol tariqasida, Toshkent shahrida joylashgan lazer studiyasi xizmatidan foydalangan fuqaro Sh. R. tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar natijasida uning tanasida noma'lum toshmalar paydo bo‘lgan va sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.
Surushtiruv davomida, Fuqaro Sh. R. ning huquqlari buzilganligi aniqlanib, unga yetkazilgan zarar qoplab berilishi ta'minlandi. Raqobat qo‘mitasi yuqoridagi holatlarga huquqiy baho berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ma'lumot kiritdi.
O‘zbekiston Respublikasi "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunning 20-moddasida “ Ishlab chiqarilishi, tarkibiga bog‘liq bo‘lgan va boshqa nuqsonlari, shuningdek iste'molchining hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkining xavfsizligini ta'minlay olmaydigan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qo‘llanilishi oqibatida iste'molchining hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozimligi, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnoma munosabatlariga kirishgan-kirishmaganidan qat'i nazar, har qanday iste'molchi tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish huquqiga ega ekaniligi” belgilab qo‘yilgan.

Powered by Froala Editor