Sirdaryo daryosida 10 ta gidropostga avtomatlashtirilgan suv hisobi tizimi o‘rnatiladi
O'zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida Sirdaryo daryosidagi suvni hisoblashni avtomatlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu loyiha suv resurslarini boshqarishni yaxshilash va suv taqsimotini samarali tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston suv xo‘jaligi vazirlari Shavkat Xamrayev va Nurjan Nurjigitovning uchrashuvida Sirdaryo daryosida 10 ta gidropostga avtomatlashtirilgan suv hisobi tizimini o‘rnatish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Mazkur tizim daryodagi suv oqimini kuzatish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Vazirlar, shuningdek, suv resurslarini raqamlashtirish masalalarini ham muhokama qildilar.
Bundan tashqari, tomonlar Narin-Sirdaryo kaskadi suv omborlarini kelgusi yil sug‘orish mavsumiga tayyorlash rejalarini muhokama qilishdi. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu tizimni joriy etish loyihalari bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Yaqin orada Markaziy Osiyo suv xo‘jaligi komissiyasining majlisida suv omborlarini boshqarish grafiklari belgilanishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor