Sirli qo‘nish: AQSh harbiy samolyotlari Turkmanistonda ko‘rindi
Dunyo
Turkmanistonda AQSh harbiy-transport samolyotlari qo‘ngani haqidagi xabarlar Eron atrofidagi keskinlik fonida kuzatuvchilar e’tiborini tortdi.
Ochiq parvoz monitoringi xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat hududiga AQSh Harbiy-havo kuchlarining C-17A Globemaster III va MC-130 Super Hercules samolyotlari qo‘ngani qayd etilgan. Qo‘nish joyi rasman oshkor etilmagan, Turkmaniston va AQSh rasmiylari bu ma’lumotga izoh bermagan.
Ayniqsa, MC-130 samolyotining paydo bo‘lishi e’tiborni tortdi. U odatda maxsus kuchlarni tashish, yashirin va tungi operatsiyalarni amalga oshirish, vertolyotlarni havoda yoqilg‘i bilan ta’minlash hamda murakkab qo‘nish va uchish vazifalari uchun qo‘llanadi.
Turkmaniston Tehrondan taxminan 300 kilometr uzoqlikda joylashgani sababli, bu xabarlar AQShning Eron yaqinidagi harbiy faolligi kuchayishi mumkinligiga ishora sifatida talqin qilinmoqda.
Biroq parvozlarning maqsadi yoki missiya tafsilotlari hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Powered by Froala Editor