Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 2024-yilning 21-iyun kuni Sloveniyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Darya Bavdaj Kuretning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
“Sloveniyaning O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Darya Bavdaj Kuret xonimning ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz. 🇺🇿🇸🇮 o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildik. Elchi xonimga o‘sib borayotgan munosabatlarimizning salmoqli salohiyatini oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”,— deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Sloveniya Respublikasi bilan 1995-yil 16-yanvarda diplomatik munosabatlar o‘rnatgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing