Snup Dogg 2026-yilgi Olimpiadada AQSH faxriy murabbiyiga aylandi
Dunyo
Amerikalik repper Snoop Dogg 2026-yil Italiyada bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlarida AQSh terma jamoasining faxriy murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda AQSh Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Snoop Dogg 2024-yil Parijdagi Olimpiadada muxbir sifatida faol ishtirok etgan, Olimpiya mash’alasini ko‘targan va yopilish marosimida sahnaga chiqqan edi. Olimpiadani yoritgani uchun u ikki marotaba “Emmy” mukofotini qo‘lga kiritgan. Sentyabr oyida repper Italiyadagi qishki o‘yinlarda NBC va Peacock telekanallari uchun muxbir bo‘lishi ham ma’lum qilingandi.
Endilikda u Team USA tarixidagi birinchi faxriy murabbiy bo‘ladi. Bu lavozim sportchilarni musobaqalardan tashqari ruhan qo‘llab-quvvatlash va ularga ilhom berishni nazarda tutadi.
Endilikda u Team USA tarixidagi birinchi faxriy murabbiy bo‘ladi. Bu lavozim sportchilarni musobaqalardan tashqari ruhan qo‘llab-quvvatlash va ularga ilhom berishni nazarda tutadi.
Powered by Froala Editor