Sobiq teleboshlovchi Pit Hegset Pentagon rahbariga aylandi
Dunyo
2025-yilning 25-yanvar kuni sobiq teleboshlovchi va jangovar harakatlar faxriysi Pit Hegset AQSh mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi. Ushbu tayinlov AQSh siyosatida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi, chunki Hegset nomzodi 2017-yilda sodir bo‘lgan zo‘rlash bo‘yicha ayblovlar tufayli bahsli deb topilgan edi. U o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni qat’iyan rad etmoqda.
AQSh Senatida Hegsetning nomzodi uchun ovozlar teng bo‘linib, hal qiluvchi qarorni AQSh vitse-prezidenti Jyeyms Devid Vens qabul qildi. Prezident Donald Tramp esa Hegsetni "qattiqqo‘l, aqlli va haqiqiy vatanparvar" deb ta’riflab, uning tayinlanishini qo‘llab-quvvatladi. Tramp o‘z nutqida shunday degan edi:
"Amerikaning dushmanlari oldindan ogohlantiriladi. Amerika hech qachon ortga chekinmaydi."
Pit Hegset Fox News telekanalida ishlashdan oldin AQSh qurolli kuchlarida xizmat qilgan. U Guantanamo qamoqxonasidagi AQSh harbiy bazasida xizmat qilgan, shuningdek, Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy kampaniyalarda qatnashgan. Ushbu tajribasi uni AQSh mudofaa tizimi uchun kuchli lider sifatida ko‘rsatmoqda.
Hegsetning tayinlanishi keng jamoatchilik va siyosiy doiralarda ziddiyatli fikrlar keltirib chiqardi. Ayrimlar uning harbiy va strategik tajribasini yuqori baholagan bo‘lsa, boshqalar uning o‘tmishi va jinoiy ayblovlar sababli bu lavozimga munosib emasligini ta’kidlashdi.
Shunga qaramay, Hegset Pentagon rahbari sifatida o‘z faoliyatini boshladi. Uning oldida AQSh mudofaa tizimini mustahkamlash, xalqaro tahdidlarga qarshi kurashda qat’iyat ko‘rsatish kabi mas’uliyatli vazifalar turibdi.

Powered by Froala Editor