“Soyuz” yana orbitada: XKSga xalqaro ekipaj yo‘l oldi

Dunyo

Navbatdagi xalqaro ekspeditsiya Xalqaro kosmik stansiya tomon yo‘l oldi. “Soyuz-2.1a” raketasi Rossiya va AQSH vakillaridan iborat ekipajni olib ketayotgan “Soyuz MS-29” kosmik kemasini muvaffaqiyatli orbitaga olib chiqdi va yana bir bor o‘zining ishonchliligini tasdiqladi.

“Soyuz” yana orbitada: XKSga xalqaro ekipaj yo‘l oldi
Parvoz Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan amalga oshirildi. “Roskosmos” ma’lumotiga ko‘ra, kemaning belgilangan orbitaga chiqarilishi, raketaning uchinchi bosqichidan ajralishi hamda quyosh panellari va antennalarning ochilishi belgilangan tartibda o‘tdi.

Ekipaj tarkibiga “Roskosmos” kosmonavtlari Pyotr Dubrov va Anna Kikina hamda NASA astronavti Anil Menon kiradi. Xalqaro kosmik stansiyada ularni Rossiya, AQSH va Yevropa kosmik agentligi vakillaridan iborat amaldagi ekspeditsiya kutib oladi.

Mazkur missiya orbitadagi xalqaro hamkorlik dasturining davomi bo‘lib, uning doirasida olimlar va mutaxassislar ilmiy tadqiqotlar, texnologik tajribalar hamda stansiyaning uzluksiz faoliyatini birgalikda ta’minlaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing