SpaceX bilan bitim fonida xAI asoschilari ketmoqda
Biznes
Ilon Maskning xAI startapi ikki kun ichida ikki nafar asoschisidan ayrildi. Umuman olganda, yil boshidan buyon kompaniyani bir nechta muhim asoschilar tark etgan.
Ilon Maskning sun’iy intellekt startapi xAI ikki kun ichida ikkinchi asoschisidan ayrildi. Toronto universiteti professori va Grok sun’iy intellekt modelini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynagan tadqiqotchilardan biri bo‘lgan Jimmi Ba kompaniyani tark etganini e’lon qildi. Undan avval yana bir asoschi Toni Vu ham xAI’dan ketganini ma’lum qilgan edi.
Ba kompaniya boshlang‘ich bosqichida asoschilardan biri bo‘lish imkoniyati uchun Maskga minnatdorlik bildirdi, biroq ketish sabablarini ochiqlamadi.
Avvalroq kompaniyani boshqa asoschilar — Igor Babushkin, Kayl Kosich, Kristian Segedi va Greg Yang ham tark etgan edi. Asoschilarning ketma-ket ketishi kompaniyada yirik korporativ o‘zgarishlar fonida yuz bermoqda.
Fevral boshida Ilon Mask xAI’ni SpaceX bilan birlashtirishni e’lon qilgan edi. To‘liq aksiyalar orqali amalga oshirilgan bitim SpaceX’ni taxminan 1 trillion dollar, xAI’ni esa 250 milliard dollar miqdorida baholagan.
Bundan avval xAI 2025 yil mart oyida e’lon qilingan aksiyalar almashinuvi bitimi orqali X ijtimoiy tarmog‘ini sotib olishda ham ishlatilgan edi.
Shuningdek, kompaniya Yevropa, Osiyo va AQShda regulyator tekshiruvlariga duch kelmoqda. Bunga Grok chat-boti va tasvir generatori ayrim hollarda odamlarning roziligisiz, jumladan voyaga yetmaganlar ishtirokidagi ochiq-oydin dipfeyk tasvirlarni yaratishga imkon bergani sabab bo‘lgan.

Powered by Froala Editor