Stalinning Moskvadagi saroyi kim oshdi savdosida sotildi
Dunyo
O‘tgan asrning 30-yillarida Rossiyaning Moskva viloyati, Mytishi tumanida Iosif Stalin yashagan “Lipki-Alekseevskoye” qasri 403,5 million rublga sotildi.
Ma'lum qilinishicha, auksionda yagona ishtirokchi “Krasnodar MMC Consulting and Law” kompaniyasi bo‘lib, u mulkni dastlabki narxda sotib olgan.
Lotning qiymatiga 38 gektar yer va umumiy maydoni 3,8 ming kvadrat metr bo‘lgan ko‘chmas mulk ham kiradi.
Ta'kidlanishicha, mulk 19-asrda Moskva viloyatining Mytishi tumanida qurilgan bo‘lib, Iosif Stalin ushbu qasrda 1932-1934 yillarda yashagan.
Keyingi o'n yilliklarda ob'ekt davlat dachasi sifatida ishlatilgan. 1989-yilda esa ushbu hududda og'ir xastaliklarga chalingan bolalar uchun reabilitatsiya markazi joylashtirilgan.

Powered by Froala Editor