Starmer xavf ostida: elchi atrofidagi mojaro bosh vazir iste’fosiga olib kelishi mumkin
Siyosat
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer hukmron Leyboristlar partiyasi ichidagi bosim kuchayib borayotgani fonida yaqin kunlarda lavozimini tark etishi mumkin. Bunga AQShdagi elchi lavozimiga Piter Mandelson tayinlangani atrofidagi mojaro sabab bo‘ldi.
Bloomberg nashrining partiya ichidagi manbalarga tayanib xabar berishicha, hukumat a’zolarining bir qismi bosh vazirdan iste’fo berishni shaxsiy tartibda talab qilishi mumkin. Aks holda, ayrim vazirlar o‘zlari lavozimidan ketish bilan tahdid qilmoqda. Vazirlardan birining yordamchisi Starmerning bu haftani lavozimida o‘tkazish ehtimolini «50 ga 50» deb baholagan.
Siyosiy inqiroz bosh vazir apparati rahbari Morgan Maksvinining iste’fosi ortidan yanada kuchaydi. The Guardian xabariga ko‘ra, u Mandelsonning tayinlanishi bilan bog‘liq mojaro fonida lavozimini tark etgan.
Vashingtondagi elchi tayinlovi partiya ichida jiddiy kelishmovchiliklarga sabab bo‘lib, bosh vazirning siyosiy kelajagini savol ostiga qo‘ydi.

Powered by Froala Editor