Suzuvchimiz ikkita Parij-2024 yoʻllanmasini qo’lga kiritdi

Sport

Kanadaning Vankuver shahrida suzish boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtmoqda, deb xabar berdi O’zbekiston MOQ matbuot xizmati.

Suzuvchimiz ikkita Parij-2024 yoʻllanmasini qo’lga kiritdi
Ahamiyatlisi, unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ilya Sibirsev 800 metrga erkin usulda suzish bahsida oltin medalni qoʻlga kiritish barobarida Parij-2024 normativini ham bajarishga muvaffaq boʻldi.

Yurtdoshimiz final dasturida 7:50.05 vaqt ichida marraga yetib kelgan. Mazkur dasturda normativ 7:51.65 ni tashkil etadi.

Yana bir ahamiyatli tomoni, ushbu natija Sibirsevga Olimpiya dasturlaridagi yana bir masofada ishtirok etish imkoniyatini taqdim qiladi.

Shu tariqa, hamyurtimiz ushbu natijasi evaziga 2 ta yoʻllanmaga sazovor boʻlmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing