Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik va dehqonchilikni rivojlantirishga chaqirmoqda
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-mart kuni Namangan shahrida Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimlari hamda iqtisodiy kompleks mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Sayxunobod tajribasi asosida mahallabay ishlash, tomorqa va xonadonlardagi imkoniyatlardan foydalanib, aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Barcha mas’ullar har bir korxona, tadbirkor va xonadon bilan yaqindan ishlaydigan tizimni yo‘lga qo‘yishi kerakligi ta’kidlandi.
Ma’lum qilinishicha, hokimlik va barcha iqtisodiy idora xodimlari xonadonlarda bo‘lib, imkoniyatlarini tahlil qiladi. Masalan, tomorqasi bo‘lsa, undan samarali foydalanish, daromadini 60-70 million so‘mga olib chiqish bo‘yicha namuna yaratadi.
Hunarmandlikka uquvi borlarga xomashyo, uskuna va aylanma mablag‘dan yordamlashiladi. Tadbirkorlik istagi bo‘lsa, biznes loyihalar qilib beriladi.
Bunda, ayniqsa, tijorat banklari faol bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Ya’ni, ular, avvalo, o‘z mijozlari bo‘lgan korxonalar negizida qo‘shimcha ish o‘rinlari ochilishini qo‘llab-quvvatlashi lozim.
Tomorqalarda va dehqonchilik uchun ajratilgan yerlarda sarxil meva-sabzavotlar yetishtirib, eksport qilish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik orqali ro‘zg‘orlarga baraka kiritish mumkinligi ta’kidlandi.

Powered by Froala Editor