Taʼlim muassasalarida darslar qachondan boshlanadi?

O'zbekiston

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi. Shu munosabat bilan darslar 4-sentyabrdan boshlanishi kutilmoqda.

Taʼlim muassasalarida darslar qachondan boshlanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida" 2022-yil 23-dekabrdagi PF-270-son farmoni asosida, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi.

Ushbu dam kunlari sentyabrning dastlabki 3 kunini o‘z ichiga oladi:

• 1-sentyabr – juma (ishlanmaydigan bayram kuni);
• 2-sentyabr – shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
• 3-sentyabr – yakshanba (dam olish kuni).

Shu munosabat bilan ta’lim muassasalarida dars jarayonlari 4-sentyabrdan boshlanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing