O‘zbekiston va Ozarbayjon kosmik ta’lim sohasida hamkorlikni boshladi

O'zbekiston

Ozarbayjon Kosmik agentligi ("Azərkosmos") va O‘zbekistonning STARS International University o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandum imzoladi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon kosmik ta’lim sohasida hamkorlikni boshladi
Report.az agentligi xabariga ko‘ra, ushbu hujjat ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va kosmik sohani rivojlantirish bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishni ko‘zda tutadi.

Memorandum kosmik sohada bilim va tajriba almashish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) doirasida iqtisodiy, sanoat, ilmiy va texnologik hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.

Tomonlar kadrlar tayyorlash, akademik va ilmiy hamkorlik, universitetning raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish, "Azərkosmos"ning O‘zbekistonda ta’lim va maslahat xizmatlarini ilgari surish, shuningdek, telekommunikatsiyalar, tijoriy kosmik texnologiyalar va Yer kuzatuvi sohasida qo‘shma faoliyat olib borishga kelishib oldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing