Minglab qizlar IT sohasini tanlamoqda
O'zbekiston
"Raqamli avlod qizlari" tanlovi axborot texnologiyalari sohasida ayollar salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun kuchli platforma bo‘lib xizmat qilishda davom etmoqda. Saida Mirziyoyeva aytganidek, bu tashabbus davlatimiz rahbarining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kasbiy o‘sishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan izchil siyosatini aks ettiradi.
Besh yil ichida 7 mingdan ortiq ishtirokchi ushbu loyiha orqali raqamli kelajakka yo‘llanma oldi. 2025-yilda tanlov xalqaro miqyosga ko‘tarildi - tashabbusga turli mamlakatlardan iqtidorli ishtirokchilar qo‘shildi.
Saida Mirziyoyeva g‘oliblarni tabriklab, ularning yutuqlari texnologiya olamida ulkan g‘alabalarning boshlanishi bo‘lishiga ishonch bildirdi.



Saida Mirziyoyeva g‘oliblarni tabriklab, ularning yutuqlari texnologiya olamida ulkan g‘alabalarning boshlanishi bo‘lishiga ishonch bildirdi.



Powered by Froala Editor