Yetti medal va ikkinchi o‘rin: O‘zbekiston dzyudochilari triumfi

Sport

Tailandda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston dzyudochilari ajoyib natijaga erishib, yetti medalni qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Yetti medal va ikkinchi o‘rin: O‘zbekiston dzyudochilari triumfi
Tailandda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlanishga yaqinlashmoqda va O‘zbekiston terma jamoasi peshqadamlar safidan munosib o‘rin egalladi.

90 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasi finalida ikki nafar o‘zbekistonlik – Shahzodxo‘ja Sharipov va Nurbek Murtazayev to‘qnash kelishdi. Qizg‘in bahsda g‘oliblik Sharipovga nasib etdi. Shuningdek, Marjona Kuchimova 78 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida jamoaga bronza medalini olib keldi.

Individual bahslarda sportchilarimiz jami 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalga ega chiqishdi. Bu natija O‘zbekiston terma jamoasiga umumiy medal reytingida ikkinchi o‘rinni egallash imkonini berdi. Peshqadamlik esa Yaponiyaga nasib etdi.

Ertaga musobaqalar aralash jamoaviy janglar formatida davom ettiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing