Tamerlano operasi Dubai Opera sahnasida ilk bor namoyish etiladi
O'zbekiston
2026 yil 10–11 yanvar kunlari Dubai Opera sahnasida Tamerlano operasining xalqaro premyerasi bo‘lib o‘tadi.
2026 yil 10 va 11 yanvar kunlari Dubai Opera sahnasida italiyalik rejissyor Stefano Poda sahnalashtirgan Tamerlano operasi ilk bor xalqaro tomoshabinlarga taqdim etiladi.
Spektakl musiqa, drama va vizual san’atni uyg‘unlashtirib, muhabbat, hokimiyat va taqdir mavzularini yoritadi. Bastakor Kirill Rixterning zamonaviy talqinida Georg Fridrix Gendelning klassik partituralari yangicha ohang kasb etgan bo‘lsa-da, vokal va instrumental qismlarning to‘liqligi saqlab qolingan.
Musiqani O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri (dirijyor — Alibek Kabdurahmanov), Xalq cholg‘ulari orkestri hamda O‘zbekiston Davlat xor jamoasi ijro etadi. Yangi versiyada partitura Sharqona intonatsiyalar bilan boyitilib, sahna asarining miqyosi va ifodaviy kuchini yanada oshiradi.

Powered by Froala Editor