"Tashkent City"dagi Biznes-Markazlar Savdosi Xalqaro Bosqichga Ko‘tarildi

O'zbekiston

"Tashkent City"dagi uchta zamonaviy ko‘p qavatli binolar, jumladan, AK "Alokabank", AO "Asakabank" va AKB "Oʻzsanoatqurilishbank"ga tegishli bo‘lgan binolar xalqaro ochiq savdo jarayoniga qo‘yildi. Ushbu jarayonni tashkil etish va yirik xalqaro investorlarni jalb qilish maqsadida nufuzli "KPMG" kompaniyasi jalb qilindi.

"Tashkent City"dagi Biznes-Markazlar Savdosi Xalqaro Bosqichga Ko‘tarildi
Birinchi bosqichda KPMG tomonidan tayyorlangan investitsion tizerlar 170 dan ortiq yirik xalqaro va mahalliy investorlar orasida tarqatildi. Ushbu jarayon davomida binolarga bo‘lgan qiziqish, ularning to‘liq sotilishi yoki lotlarga bo‘lib sotilishi haqida fikrlar o‘rganildi.

Olingan qiziqish va takliflarni inobatga olgan holda, biznes-markazlar uchta alohida lot sifatida sotiladi. Bu jarayon ochiq tanlov asosida ikki bosqichda amalga oshiriladi: qiziqish bildirganlarni aniqlash va majburiy takliflarni qabul qilish.

Har bir bino bo‘yicha batafsil ma'lumotlar, sotuv jarayoni tafsilotlari va shartlar investorlar uchun aniq belgilangan. Keyingi bosqichga o‘tgan investorlar bilan maxfiylik kelishuvi (NDA) tuzilib, ularga binolarni batafsil o‘rganish imkoniyati beriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing