Tashqi ishlar vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

O'zbekiston

Ilxom Xaydarov 2006-2009-yillarda O‘zbekistonning Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlagan. Tayinlangunga qadar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi bo’lgan.

Tashqi ishlar vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Xaydarov Ilxom Utkurovich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ilxom Xaydarov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi lavozimida ishlagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (2006-2009-yillarda) lavozimida faoliyat yuritgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing