Tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish yanada takomillashtiriladi
O'zbekiston
2025-yil 17-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-1057-sonli Qonuni qabul qilindi. Ushbu hujjat orqali bir nechta qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni oʻtkazish tartibi yanada soddalashtirildi.
Qonunga muvofiq, endilikda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kapital bozori, sugʻurta bozori, shuningdek, lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilandi.
Fuqarolik kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarda qimor va boshqa tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni oʻtkazish tartibi aniq belgilandi. Bu esa sohada huquqiy aniqlikni ta’minlash, qonunbuzarliklarning oldini olish va fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga ham muhim oʻzgartirishlar kiritilib, sugʻurta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obroʻsiga qoʻyiladigan yangi talablar belgilandi. Bu moliyaviy barqarorlikni oshirish va ishonchli boshqaruvni ta'minlashga qaratilgan.
Mazkur Qonun bilan quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadigan faoliyatlar roʻyxatiga kiritildi:
Lotereyalar tashkil etish,
Bukmekerlik faoliyati,
Internet orqali tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar tashkil etish.

Powered by Froala Editor