TBC Bank Group OLX Uzbekistan’ni sotib oldi
Biznes
TBC Bank Group OLX Uzbekistan — mamlakatning eng yirik onlayn e’lonlar platformasini sotib olganini e’lon qildi. Ushbu bitim so‘nggi o‘n yilliklarda O‘zbekistondagi eng yirik M&A jarayonlaridan biri bo‘lib, TBC ekotizimining kengayishiga yangi imkoniyatlar ochadi.
2025-yil 21-avgust kuni TBC Bank Group (TBC PLC) OLX Group (Prosus tarkibida)dan OLX Uzbekistan’ning nazorat paketini sotib olganini e’lon qildi.
OLX Uzbekistan mamlakatda eng mashhur saytlar qatorida bo‘lib, oyiga 5,4 mln faol foydalanuvchiga ega va 2,2 mln faol e’lon joylashtiriladi. Platforma internet foydalanuvchilarining 20 foizidan ortig‘ini qamrab oladi va tovarlar, xizmatlar, avtomobillar hamda ko‘chmas mulk bozorida yetakchi hisoblanadi.
Bitim doirasida TBC Bank Group Titan Investments bilan qo‘shma korxona tuzdi. Natijada TBC 50% + 1 aksiyaga, Titan esa qolgan ulushga ega bo‘ladi. Kelishuv yakunlangach, OLX brendi ostida faoliyatini davom ettiradi.
Ushbu xarid TBC’ning O‘zbekistondagi raqamli bank ekotizimida mavqeini yanada mustahkamlaydi. Shu yilning iyun oyida kompaniya BILLZ SaaS-platformasining nazorat paketini ham sotib olgan edi.
TBC Uzbekistan bosh direktori Nika Kurdiani ta’kidladi:
«OLX Uzbekistan’ni sotib olish ekotizimimizni kengaytirishning mantiqiy qadami. Bu orqali biz yangi mijozlarni jalb qilamiz, segmentlarni kengaytiramiz va raqamli yechimlar bozorida yetakchiligimizni mustahkamlaymiz».

Powered by Froala Editor