TDT “Beshiktosh”ga turkiy davlatlardan futbolchilarni jalb etish niyatida

Sport

TDT kotibiyati Turkiyaning “Beshiktosh” futbol klubi rahbariyati bilan uchrashuv olib bordi. Tomonlar aloqalarni mustahkamlash va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

TDT “Beshiktosh”ga turkiy davlatlardan futbolchilarni jalb etish niyatida
Bugun Istanbulda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi oʻrinbosari Mirvokhid Azimov va Turkiyaning “Beshiktosh” futbol klubi raisi oʻrinbosari Emre Kojadag oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqida TDT matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda tomonlar o’zaro hamkorlik aloqalarni mustahkamlash va turkiy davlatlar o‘rtasidagi sport, xususan, futbol bo’yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, Turkiya futbol federatsiyasining legionerlar maqomi to‘g‘risidagi yangi nizomiga ko‘ra, turkiy davlatlardan birining fuqarosi bo‘lgan futbolchi Turkiyada legioner yoki xorijlik hisoblanmasligi mamnuniyat bilan qayd etildi.

TDT bosh kotibi oʻrinbosari Mirvohid Azimov va “Beshiktosh” FK raisi oʻrinbosari Emre Kojadag yuqoridagilar turkiy xalqlarning yanada birlashuviga katta hissa qoʻshishi hamda boshqa davlatlar uchun ham yorqin namuna boʻlishini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar “Beshiktosh” futbol klubiga turkiy davlatlardan yosh va istiqbolli futbolchilarni jalb etish masalalarini ham muhokama qilishdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing