Telegram 2018 yildan buyon huquqni muhofaza qiluvchi organlarga IP manzillar va telefon raqamlarini oshkor qilmoqda
Texnologiya
Telegram 2018 yildan boshlab jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning IP manzillari va telefon raqamlarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oshkor etishni boshladi. Bu jarayon kompaniyaning maxfiylik siyosati doirasida, tegishli huquqiy talablar asosida amalga oshiriladi.
Pavel Durovning ta’kidlashicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan to‘g‘ri rasmiylashtirilgan so‘rovlar olinganda, Telegram xavfli jinoyatchilarning ma’lumotlarini oshkor qiladi. Masalan, 2024 yilning birinchi choragida Braziliyada 75 ta, Hindistonda esa 2461 ta huquqiy so‘rov qondirilgan.
Telegram shuningdek, foydalanuvchi ma’lumotlari bo‘yicha so‘rovlar sonini ochiqlash uchun @transparency botini ishga tushirdi. Yevropada esa qonuniy so‘rovlar soni ko‘paygan, bu esa ESning yangi qonunlariga bog‘liq.
Telegramning asosiy tamoyillari o‘zgarmagan: platforma faollarning erkinligi va shaxsiy hayotini himoya qilishda davom etadi, lekin jinoyatchilarga bu erkinliklardan foydalanishga yo‘l qo‘ymayd

Powered by Froala Editor