Telegram’da kanallar orqali pullik kontentni tarqatish imkoniyati paydo bo’ldi

Texnologiya

Telegram o‘tgan oyda ilova ichida foydalanish uchun Stars deb nomlangan raqamli valyutani ishga tushirdi. Endi kompaniya uni pullik kontentga kengaytirdi. Ilova, shuningdek, kanallarga ularda mavjud bo’lgan yulduzchalarni Telegram ilovasi The Open Network (TON) blokcheyni orqali foydalanadigan kriptovalyuta ― Toncoin’ga aylantirish imkonini berdi. Shuningdek, endi kanallarni targ’ib qilish maqsadida chegirmalarga ega bo’lish uchun yulduzchalardan foydalanish mumkin.

Telegram’da kanallar orqali pullik kontentni tarqatish imkoniyati paydo bo’ldi
Kompaniya dastlab Stars’ni Telegram’dagi botlar va ilovalar tomonidan taklif qilinadigan raqamli mahsulotlar uchun to‘lovni amalga oshirish maqsadida ishga tushirdi. Endi kontent yaratuvchilari pullik kontentni joylashtirish imkoniga ega bo’lishdi, foydalanuvchilar esa ularni yulduzchalar yordamida ochishlari mumkin.

Ilova, shuningdek, kanal egalariga Fragment platformasi yordamida yulduzchalarni chiqarish va ularni Toncoin’ga aylantirish imkonini beradi. Agar sizda Toncoin bo'lsa, turli birjalarda kriptovalyuta bilan savdo qilishingiz va bank hisobingizga pul o'tkazishingiz mumkin.

Bundan tashqari, kanal egalari o'z kanallarini targ'ib qilish maqsadida reklama chegirmalarini olish uchun yulduzchalardan foydalanishlari mumkin.

Mini-ilovalarni endi ekranning pastki qismidagi ixcham panelga tushirish mumkin, bu foydalanuvchilarga mini-ilovalar va ilovaning boshqa funksiyalarini osongina tanlash imkonini beradi.

Kompaniya shuningdek, foydalanuvchilarga Stories’larni topish uchun bir nechta yangi usullarni qo'shdi. Xususan, endi ular heshtegga bosish orqali tafsifdagi barcha ommaviy Stories’larni ko‘rishlari mumkin. Ommaviy kanallardagi chatlar va xabarlarda heshteg qidirish imkoni paydo bo’ldi.

Xuddi shunday, foydalanuvchilar endi o'z Stories’larida joylashuv yorlig'ini qo'shishlari va foydalanuvchilar tegni bosish orqali barcha ommaviy Stories’larni bitta joyning o’zida ko'rishlari mumkin.

Telegram bu yil kichik biznesga joylashuv va ish soatlarini qoʻshishga ruxsat berish kabi koʻplab biznesga yoʻnaltirilgan funksiyalarni qoʻshdi. Aprel oyida kompaniya sozlanadigan boshlangʻich sahifalar, oldindan belgilangan salomlashish va xayrlashish xabarlari hamda biznes uchun chatbotlarni qoʻllab-quvvatlash kabi funksiyalarni ham taqdim etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing