Tenge Yevropa va Osiyoning eng kuchli valyutasiga aylandi — Financial Times sabablarni ochiqladi
Iqtisodiyot
Qozog‘iston tengesi 2026-yil boshidan buyon dollarga nisbatan Yevropa va Osiyodagi eng yaxshi natija ko‘rsatgan valyutaga aylandi. Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon tenge 9,7 foizga mustahkamlangan. Bunga, avvalo, xorijiy investorlarning Qozog‘iston davlat obligatsiyalariga qiziqishi oshgani sabab bo‘lgan.
Bir yil ichida xorijiy investorlarning tenge nominatsiyasidagi davlat obligatsiyalariga kiritgan mablag‘i qariyb 2 milliard dollardan 5 milliard dollargacha oshgan. Obligatsiyalarni sotib olish uchun investorlar avval tenge xarid qilishi kerak, bu esa milliy valyutaga qo‘shimcha talab yaratadi.
Qozog‘iston aktivlarining jozibadorligiga yuqori foiz stavkalari va inflyatsiyaning sekinlashuvi ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Qozog‘iston Milliy banki iyul oyida bazaviy stavkani 18 foizdan 16,75 foizgacha pasaytirdi.
Tengening mustahkamlanishi 2025-yil oktabrida dollar 549,15 tengegacha ko‘tarilganidan keyin boshlangan. 2026-yil 21-avgust holatiga rasmiy kurs 1 dollar uchun 458,23 tengeni tashkil etdi.
Financial Times hozirgi o‘sishni faqat neft omili bilan izohlash qiyinligini qayd etadi. Xorijiy investorlar uchun bozorga kirish imkoniyatlarining kengayishi, davlat obligatsiyalarini Euroclear tizimiga ulash rejalari va Qozog‘iston qimmatli qog‘ozlarini JPMorgan GBI-EM indeksiga kiritish istiqbollari ham muhim omillar sifatida ko‘rsatilgan.

Powered by Froala Editor