“Tesla” Xitoyda 1,6 million avtomobilni qaytarib oladi

Biznes

Avtomobil ishlab chiqaruvchi “Tesla”kompaniyasi haydovchilarga yordam berish tizimidagi muammolar tufayli Xitoy bozoridagi 1,6 milliondan ortiq elektromobilni qaytarib oladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi bozorni tartibga solish davlat boshqarmasi ma’lum qildi.

“Tesla” Xitoyda 1,6 million avtomobilni qaytarib oladi
Agentlik saytida e'lon qilingan bayonotda gap import qilingan Model S, Model X va Model 3, shuningdek, Xitoyda yigʻilgan Model 3 va Model Y elektromobillari haqida ketayotgani aytiladi. Qaytarib olish 2014-yil 26-avgustdan 2023-yil 20-dekabrgacha ishlab chiqarilgan avtomobillarga taalluqlidir.

Qayd etilishicha, “Adas” dasturiy ta'minotini yangilash mavjud xavflarni bartaraf etishga imkon beradi. Yordamchi tizim dasturiga yangi elementlar kiritiladi va bir qator funktsiyalar optimallashtiriladi.

Shuningdek, kompaniya qaytarib olinadigan avtomobil haydovchilariga maxsus ogohlantirishlarni yuborishini aytgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing