Texnologik Gigantlar O'zbekistonda 100 Milyarddan Ortik Soliq To'ladilar

Iqtisodiyot

Meta, Google, Apple va boshqa IT bozorining yetakchilari soliq to'lovlarini 1,6 baravarga oshirdi.

Texnologik Gigantlar O'zbekistonda 100 Milyarddan Ortik Soliq To'ladilar
2024-yilda O'zbekistonda elektron xizmatlar ko'rsatadigan xorijiy kompaniyalar rekord darajada 115,8 milliard so'm soliq to'ladilar, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,6 baravarga ko'proq. Asosiy to'lovchilar qatorida Meta, Google va Apple kompaniyalari kirmoqda.

Davlat soliq qo'mitasining ma'lumotlariga ko'ra, umumiy to'langan soliq miqdorining deyarli 100%ini 10 ta yirik xorijiy kompaniya tashkil qiladi. Shunday qilib, Meta 41,7 milliard so'm, Google 29 milliard so'm, Apple esa 27,3 milliard so'm soliq to'lagan. Boshqa yirik soliq to'lovchilar orasida Amazon (4,1 mlrd so'm), Booking.com (3,6 mlrd so'm) va Netflix (1,4 mlrd so'm) bor.

Ma'lumot o'rnida, 2020-yildan boshlab, O'zbekistonda jismoniy shaxslarga elektron shaklda xizmat ko'rsatuvchi xorijiy kompaniyalar QQS to'lashga majbur. Ushbu kompaniyalar o'zlarining soliq hisobotlarini har chorakdan keyin, oyining 20-sanasigacha topshirishlari kerak.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing